» » Putin va Tramp muhojirlarni o‘ldirayotgani tasvirlangan yangi videoo‘yin foydalanuvchilar g‘azabini keltirdi

Putin va Tramp muhojirlarni o‘ldirayotgani tasvirlangan yangi videoo‘yin foydalanuvchilar g‘azabini keltirdi


Jesus Strikes Back: Judgment Day — bu Iso payg‘ambar, Donald Tramp, Adolf Gitler, Vladimir Putin, Jeyra Bolsonaro, Pepe laqabli qurbaqa va Kreystcherch masjidida 51 kishini o‘ldirgan Brenton Tarrant obrazlari mavjud kompyuter o‘yini ko‘plab foydalanuvchilar g‘azabini keltirdi, deb xabar beradi Forum Daily.

O‘yinning maqsadi — dushmanlarni, xususan, tenglik tarafdorlarini, feministlarni, bir jinslilarni yoqlovchilarni, muhojirlar, demokratlar, Antif harakati a’zolari hamda abortlarni amalga oshiruvchi shifokorlarni yakson qilish.

O‘yinning turli darajalarida jang masjidda, tungi klubda, yangiliklar studiyasida va AQShning Meksika bilan chegarasida bo‘lib o‘tadi. Ayrim jang sahnalarida Barak Obama, Berni Sanders, Nensi Pelosi va Aleksandr Okasio-Korets kabi personajlar ham bor.

O‘yinda muhojirlar “chegarani erkin kesib o‘tib, shahardan shaharga ko‘chib, o‘g‘irlik, zo‘ravonlik qiladigan va yo‘lida uchragan barchani o‘ldiradigan” qilib tasvirlangan.

Ko‘plab foydalanuvchilar noroziligiga sabab bo‘lgan mazkur o‘yinni 14,88 dollar evaziga sotib olish mumkin.

O‘yin 2 Genderz Productions hamda First Amendment Studios & Facts и Logic inc. hamkorligida yaratilgan. O‘yin saytida “bu yerda hech qanday siyosiy bayonot yo‘q, bu shunchaki satira” deyilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2019, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 25) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют