» » Donald Tramp Meksika chegaradagi devor qurilishi uchun pul to‘lashiga ishonchi komil

Donald Tramp Meksika chegaradagi devor qurilishi uchun pul to‘lashiga ishonchi komil


AQSh prezidenti Donald Tramp Meksika hukumatini tanqid qilib, ular Amerikaga kirib olishga urinayotgan noqonuniy muhojirlar oqimiga qarshi kurashda yordam bermayotganligini aytdi, deb yozadi “Kommersant”.

Tramp o‘zining Meksika AQSh bilan chegaradagi devor qurilishi uchun pul to‘lashi haqidagi saylovoldi va’dasini takrorladi. “Oxir-oqibat, Meksika devor uchun to‘lab qo‘yadi”, — dedi AQSh prezidenti Neshvillda o‘z tarafdorlari qarshisida nutq so‘zlayotib.

Donald Tramp Meksika bilan chegarada himoya to‘sig‘ini qurish haqidagi farmonni 2017-yil boshida imzolagan edi. Aprelda esa muhojirlar oqimi, kontrabanda va narkotiklar tufayli, “janubiy chegaradagi vaziyat keskin nuqtaga yetgani” munosabati bilan Milliy gvardiyani AQShning Meksika bilan chegarasini qo‘riqlashga jalb etish haqida farmon chiqardi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2018, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют