» » Qozog‘istonda Rossiyaning yangi raketaga qarshi tizimi sinovdan o‘tkazildi (video)

Qozog‘istonda Rossiyaning yangi raketaga qarshi tizimi sinovdan o‘tkazildi (video)


Qozog‘istonning “Sari-Shagan” poligonida Rossiyaning yangi raketaga qarshi qurilmasi uchirildi. Uning start olishi tasvirlangan video Rossiya Mudofaa vazirligining YouTube’dagi kanaliga joylashtirildi.

Rossiya Havo-kosmik kuchlari raketaga qarshi mudofaa birlashmasi komandiri polkovnik Vladimir Sergienkoning so‘zlariga qaraganda, sinov vaqtida qurilmaning barcha tavsiflari o‘z tasdig‘ini topgan.

Ko‘plab foydalanuvchilar rolikni ko‘rib, uning ostiga bir-birdan ajoyib izohlarni yozib qoldirgan.

“Olov, mana buni tezlik desa bo‘ladi, agar istashsa — bajarishadi”, “Aql bovar qilmaydi — bu raketa tezligi emas, portlash tezligi!”, “Ushbu raketa portlashni egarladi deyish mumkin!”, “Ovozining qo‘rqinchliligini qarang!”, “Ovoziga gap yo‘q. SMS’imga qo‘yib olaman!”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2019, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют