» » Niderlandiyada 17 yoshli qiz o‘z xohishiga ko‘ra evtanaziya qilindi

Niderlandiyada 17 yoshli qiz o‘z xohishiga ko‘ra evtanaziya qilindi


Niderlandiyalik 17 yoshli Noa Potxoven mamlakatda qonuniy hisoblangan evtanaziyadan faydalanib, shifokorlar yordamida bu yorug‘ olamni tark etdi, deb xabar beradi Daily Mail.

Ma’lum qilinishicha, qiz o‘smirligida jinsiy zo‘ravonlik qurboniga aylangani sabab posttravmatik stress, tushkunlik va anoreksiyadan aziyat chekkan. Shifokorlar qiz 17 yoshga to‘lganidan ikki kun o‘tib unga inyeksiya yuborgan. Niderlandiyada aynan 17 yoshdan oshgan fuqarolargina ota-onasining roziligisiz evtanaziyadan foydalana oladi.

Noaning ota-onasi qizining bu qaroridan bexabar bo‘lgan va bundan qattiq shokka tushgan. Qiz o‘z xonasida qarindoshlari va do‘stlariga bitilgan vidolashuv maktubini qoldirgan. U uzoq yillar psixiatrik klinikalarda davolangan, 16 yoshida “G‘alaba qozonish yoki o‘qish” nomli avtobiografik kitob ham yozgan.

Niderlandiya qonunchiligiga ko‘ra, shifokor bemorning og‘riqlarini chidab bo‘lmas darajada deb topsa, 12 yoshdan oshganlar evtanaziya qilinishi mumkin. 2017-yilda mamlakatda 6,5 ming kishi shu usul orqali hayotdan ko‘z yumgan. Bu butun Niderlandiyada vafot etgan odamlarning 4,5 foizini tashkil etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2019, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют