» » “Shu bitta surat Prezidentni xalqqa qanchalik yaqinlashtirdi!”

“Shu bitta surat Prezidentni xalqqa qanchalik yaqinlashtirdi!”


Saida Mirziyoyeva arafa kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev uy kiyimida osh damlayotgani aks etgan fotoni Facebook’dagi sahifasida joylashtirgandi.

“Ba’zida oilaviy dasturxonimiz uchun oshni Dadamlar damlab beradilar. Biz esa ularga yordamchi. Arafa muborak!” — deyilgan ushbu postda.

Ushbu surat joylashtirilganidan so‘ng 18 mingta “layk” to‘pladi. Uning ostida 2,4 ming izoh qoldirilgan, 3,6 ming kishi uni o‘z sahifalarida ulashgan.

“Saidaxon, avvalo sizga ushbu suratni xalqimiz e’tiboriga havola qilganingiz uchun ming tashakkur.

Bu rasm yurtimiz erkaklariga oilasiga nisbatan o‘zgacha tarbiya maktabini o‘taydi”, — deya fikr qoldirgan Shohida Sultonova.

“Mana shu bitta surat yurtboshimizni xalqqa qanchalik yaqinlashtirdi!” — deb yozgan Jamoliddin Tuxtashev.

“Ajoyib otangiz bor. O‘zbekistonda hamma narsa yaxshi tomonga o‘zgarib borayotganini kuzatib kelyapman. Ko‘pchiligimiz xorijda yashaymiz. Agar ishlar shunday davom etaversa, barchamiz ertami-kechmi albatta jonajon Toshkentga qaytamiz!” — deydi Nigora R-i.

“Qanday go‘zal manzara! Uyida oilasiga mehribon, ularning shodligi uchun, elu yurt xizmatidan biroz bo‘lsa-da ortib, o‘z qo‘llari bilan osh damlab beradigan shunday kamtarin inson Prezidentimiz ekani bizga faxr!” — deya izoh qoldirgan Botirjon Ergashev.

“Bunday xolatga tushmagandim. Oddiylik va samimiylikni ko‘rib, hayratda qoldim. Bu o‘ziga xoslik faqat shu insonga tegishli. Birgina shu surat zamirida halqqa bo‘lgan ehtirom va yaqinlik mujassam”, — deydi Ronial Lassonis taxallusli foydalanuvchi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют