» » Ronalduga nisbatan zo‘rlash bo‘yicha ochilgan ish yopildi

Ronalduga nisbatan zo‘rlash bo‘yicha ochilgan ish yopildi


Portugaliya terma jamoasi hamda “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronalduga nisbatan jinsiy zo‘rlash bo‘yicha ochilgan sud ishi yopildi. Bu haqda Bloomberg ma’lum qildi.

O‘tgan oy Las-Vegas sudiga (AQSh, Nevada shtati) mazkur ish yuzasidan tergov harakatlarini ixtiyoriy ravishda to‘xtatilishi borasida tomonlardan xabarnoma kelib tushgan. Shu bilan birga tomonlar kelishuvga erishganmi yoki yo‘q — bu noma’lumligicha qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilning kuzida amerikalik model Ketrin Mayorga 2009-yil iyun oyida Ronaldu uni Las-Vegasda zo‘rlaganini e’lon qilgandi.

2010-yilda esa Mayorga futbolchining advokatlari bilan kelishuv shartnomasini imzolagan va jim yurishi uchun 375 ming dollar olgan.

2018-yilda Mayorga bo‘lgan voqealar haqida batafsilroq ma’lumot berdi. Sentabr oyida militsiya ishni qaytadan ochdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют