» » O‘zbekistonda “Abituriyent” telekanalini tashkil etish taklif qilindi

O‘zbekistonda “Abituriyent” telekanalini tashkil etish taklif qilindi


“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portaliga “Abituriyent” telekanalini tashkil etish haqida petitsiya joylandi.

“Xalqimiz azal-azaldan ilmga chanqoq bo‘lib, innovatsion g‘oyalarni ilgari suruvchi va yangilikka intiluvchi xalq sifatida dunyoga tanilgan, — deyiladi petitsiya matnida. — Shu sababli, bugungi kunda ham yurtimizda yoshlarning bilim olishlari, barkamol avlod bo‘lib voyaga yetishlari uchun keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Hozirda yoshlarning oliy ta’lim tizimida sifatli bilim olishlari va o‘z sohalarining yetuk mutaxassislari bo‘lishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda. Shu maqsadda, o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan bitiruvchilar ham bor kuch-g‘ayratlarini oliy ta’lim muassasasiga kirishga sarflashadi. Abituriyentlar yurgan yo‘llarida o‘qib, izlanib, radio va telekanallar orqali ta’lim sohasiga taalluqli bo‘lgan turli yangiliklarni kuzatib borishadi. Hozirda mamlakatimizda radio tinglovchilar va televideniye muxlislari orasida abituriyentlar salmoqli o‘ringa ega. Agar abituriyentlar uchun ham maxsus telekanal tashkil etilib, u orqali fanlarga doir tavsiya va tushuntirishlar berib boriladigan bo‘lsa, abituriyentlarning bilim va ko‘nikmalari yanada ortgan bo‘lar edi. Maxsus telekanalning tashkil etilishi ko‘plab qulayliklarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2019, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 68) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют