» » “Chelsi” Hadson-Odoi bilan shartnomasini uzaytiradi

“Chelsi” Hadson-Odoi bilan shartnomasini uzaytiradi


Yarim himoyachi Kallum Hadson-Odoi “Chelsi” bilan yangi shartnoma imzolashga tayyor, deya xabar berdi Goal.

Ma’lum bo‘lishicha, Hadson-Odoi klub bilan 5 yilga mo‘ljallangan shartnoma imzolamoqchi va u haftasiga 100 ming funt maosh oladi.

Joriy yilning yanvar oyida 18 yoshli futbolchi ingliz klubini tark etmoqchi edi. “Bavariya” o‘yinchi uchun taklif bilan chiqqandi, biroq “Chelsi” rad javobini berdi.

Mavsumning ikkinchi qismida Hadson-Odoi jamoa safida maydonga tez-tez tusha boshladi va bu uning klubda qolishida zamin yaratdi.

Eslatib o‘tamiz, futbolchi jarohati sabab 22-apreldan buyon maydonga tusha olmayapti.

Ma’lumot uchun, angliyalik 2018/19-yilgi mavsum Premyer ligada 10 ta o‘yin o‘tkazib, bitta golli uzatma berdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2019, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют