» » “Chelsi” Sarri uchun “Yuventus”dan 5,3 mln funt talab qilmoqda

“Chelsi” Sarri uchun “Yuventus”dan 5,3 mln funt talab qilmoqda


Mauritsio Sarrining “Chelsi”dan “Yuventus”ga o‘tishi to‘xtab turibdi.

Sky Sports Italia’ning xabar berishicha, London klubi italiyalik mutaxassis bilan shartnomani muddatidan avval bekor qilishi uchun turinliklardan 5,3 million yevro tovon puli talab qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Sarri “Chelsi”ni 2018-yildan beri boshqarib keladi. Uning qo‘l ostida “aristokratlar” 2018/19-yilgi mavsum Angliya Premyer ligasida 3-o‘rinni egalladi hamda Yevropa Ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritdi.

Avvalroq 60 yoshli mutaxassis turinliklar bilan 3 yillik shartnoma imzolashga kelishib olgani va u klubda yiliga 6-7 million yevro maosh olishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2019, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют