» » Qarshida mahalla posbonlari o‘rnida ish boshlagan profilaktika inspektorlari yordamchilariga xizmat guvohnomalari va maxsus kiyim topshirildi

Qarshida mahalla posbonlari o‘rnida ish boshlagan profilaktika inspektorlari yordamchilariga xizmat guvohnomalari va maxsus kiyim topshirildi


Qarshi shahridagi “Vatanparvarlar” bog‘ida mahalla posbonlari o‘rnida ish boshlagan 62 nafar profilaktika inspektorining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilariga xizmat guvohnomalari, maxsus kiyim va xizmatda foydalanishlari uchun “Ichki ishlar organlari profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilari tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qayd etish kitobi” topshirildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.

IIB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tadbirda jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olishda alohida o‘rnak ko‘rsatgan 5 nafar profilaktika inspektorining yordamchilariga rag‘batlantirish tariqasida pul mukofotlari topshirilgan.

Tadbirda so‘z olgan viloyat IIB boshlig‘i, polkovnik Dilshod Tursunboyev tadbir ishtirokchilarini samimiy qutlab, 62 nafar profilaktika inspektoriga xizmat SIM-kartalari va oylik maoshlari miqdorida pul mukofotini topshirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2019, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 38) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют