» » Qirg‘izistonda ikki yosh bola muzlatgich ichiga qamalib qolib halok bo‘ldi

Qirg‘izistonda ikki yosh bola muzlatgich ichiga qamalib qolib halok bo‘ldi


Qirg‘izistonning Tup tumanidagi Mixaylovka nomli qishloqda ikki nafar bola halok bo‘ldi, bu haqda Sputnik xabar qiladi.

Ular eski muzlatgich ichida qulflanib qolgan.

Issiqko‘l viloyati ichki ishlar boshqarmasi xabar qilishicha, fojia 3-iyun kuni sodir bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, 4 va 6 yoshli aka-ukalar hovlida o‘ynab, to‘satdan yo‘q bo‘lib qolgan.

Ularni soat 11:55 da qidirishga tushishgan. Bolalar taxminan soat 17:00 da hovlida turgan eski sovet muzlatgich ichidan topilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bolalar o‘ynab, muzlatgich ichiga kirgan va uning eshigi yopilib qolgan. Bolalar uni ocholmagan.

Ushbu holat jinoyatlar yagona reyestrida baxtsiz hodisa sifatida ro‘yxatga olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2019, 20:44)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 62) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют