» » Gulnora Karimovaga ruhiy bosim o‘tkazilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Bosh prokuratura buni rad etmoqda

Gulnora Karimovaga ruhiy bosim o‘tkazilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Bosh prokuratura buni rad etmoqda


Gulnora Karimovaning shveysariyalik advokati Greguar Manja may oyi oxirida Twitter’dagi sahifasida Gulnora Karimovaga shifokorlar bo‘yicha rad javobi berilayotgani va unga doimiy ruhiy bosim o‘tkazilayotgani haqida yozgan edi.

Greguar Manja mijozining salomatligidan jiddiy tashvishda ekanligini bildirgan. Advokatning so‘zlariga ko‘ra, uning so‘nggi tashrifidan so‘ng Gulnora Karimova “darhol qamoqxona tibbiy blokidan chiqarib yuborilgan”.

Bosh prokuratura matbuot xizmatidan “Daryo”ga ma’lum qilishlaricha, advokatning so‘zlari haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

“Bu asossiz gap. Shu kunlarda ‘Gulnora Karimova o‘zini osibdi’ degan boshqa gaplar ham tarqaldi. Shuni qat’iy aytishimiz mumkinki, Gulnora Karimovaning sog‘lig‘i qoniqarli, u belgilangan jazoni o‘tamoqda”, — deyiladi Bosh prokuratura tomonidan “Daryo”ga taqdim etilgan axborotda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-06-2019, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют