» » “Qishloq qurilish bank”: Oilaviy tadbirkorlik rag‘batlantirilmoqda 

“Qishloq qurilish bank”: Oilaviy tadbirkorlik rag‘batlantirilmoqda 


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi “Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori va “Har bir oila – tadbirkor” Davlat dasturi ijrosida aksiyadorlik-tijorat “Qishloq qurilish bank” faol ishtirok etmoqda.

Bank Boshqaruvining tegishli qaroriga asosan bank tizimida mazkur yo‘nalishdagi ishlarni muvofiqlashtiriuvchi maxsus tuzilmalar tashkil qilindi. Xususan, bank markaziy idorasida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi, 3 ta bo‘lim hamda bank filiallarida tadbirkorlikni rivojlantirish maxsus bo‘limlari tashkil qilindi.

Ushbu bo‘limlar kredit amaliyotlari yuzasidan tajribaga ega bo‘lgan malakali xodimlar bilan butlandi.

Bank tomonidan aholini tadbirkorlikka jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida bankka biriktirilgan tumanlarda aholi o‘rtasida mikrokreditlar turlari va rasmiylashtirish tartiblari yuzasidan keng qamrovli targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

“Har bir oila - tadbirkor” dasturiga muvofiq o‘tgan davr mobaynida 13 327 nafar oilalarga 263,0 milliard so‘m miqdorida, jumladan:

- naslli qoramol sotib olish uchun 3 322 ta oilaga 71,7 milliard so‘m;

- qo‘ychilik uchun 1 002 ta oilaga 17,7 milliard so‘m;

- quyonchilik uchun 149 ta oilaga 3,1 milliard so‘m;

- asalarichilik uchun 585 ta oilaga 14,3 milliard so‘m;

- parrandachilik uchun 1 122 ta oilaga 19,2 milliard so‘m;

- baliqchilik uchun 90 oilaga 2,9 milliard so‘m;

- bog‘dorchilik uchun 133 ta oilaga 3,1 milliard so‘m;

- issiqxona tashkil qilish uchun 1 621 ta oilaga 35,1 milliard so‘m;

- tikuvchilik uchun 2 483 ta oilaga 36,7 milliard so‘m;

- hunarmandchilik yo‘nalishida 126 oilaga 3,1 milliard so‘m;

- qandolatchilik yo‘nalishida 1 651 ta oilaga 15,2 milliard so‘m;

- boshqa tadbirkorlik faoliyatlari uchun 1 043 ta oilaga 40,8 milliard so‘m miqdorida mikrokreditlar ajratildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi “Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 291,4 milliard so‘m miqdorida mikrokreditlar ajratish belgilangan bo‘lib, bank tomonidan hozirgi kunga qadar 1 474 nafar kam ta’minlangan oilalarga 39,3 millard so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratildi.

Dastur ijrosi doirasidagi chora-tadbirlar bank boshqaruvi rahbariyati tomonidan doimiy nazoratga olingan va bu yo‘nalishdagi ishlar xududlarda tizimli amalga oshirilmoqda.

Imtiyozli kreditlardan foydalanib, oilaviy biznesingizni rivojlantiring!

“Qishloq qurilish bank” – farovon hayotingiz xizmatida!

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

(+99871) 150-93-39

Veb-sayt

Telegram

Facebook

Bank axborot xizmati

Xizmatlar litsenziyalangan.

Reklama huquqi asosida



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-06-2019, 12:14)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 37) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют