» » Toshkent shahar hokimligi: Shahar bosh rejasi hali tasdiqlanmadi

Toshkent shahar hokimligi: Shahar bosh rejasi hali tasdiqlanmadi


Toshkent shahar hokimligi shahar bosh rejasi hali qabul qilinmaganini ma’lum qildi.

“Do‘stlar, hamshaharlar! Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda ‘ajoyib’ tasvirlar keng tarqaldi.

Britaniya me’morchilik kompaniyasi ‘Benoy’ o‘zining veb sahifasida Toshkent shahri bosh rejasining loyihasini e’lon qildi. Bu haqida ko‘pchilik bir zumda o‘z fikrlarini bildirishga ulgurishdi va hatto uni noto‘g‘ri qilingan degan fikrlar ham uchradi.  Aytish joiz, bu masalada ‘Benoy’ faqat o‘z rejasini taqdim etdi.

Lekin Toshkent shahrining bosh rejasi hali qabul qilinmadi. Bu kabi kompaniyalarning fikrlari hali ko‘p bildiriladi va bu boradagi qaror maxsus komissiya tomonidan qabul qilinadi.

Do‘stlar, sizdan iltimos, yangiliklar va faktlarni kim nashr etayotganligidan qat’iy nazar (axborot sahifalari yoki mashhur blogerlar) ma’lumotlarning xaqqoniyligini tekshiring. Hozircha yakuniy qaror va tasdiqlangan reja yo‘q. Qaror va rejalar tasdiqlansa, bu haqida rasmiy ravishda xabardor qilamiz”, — deyiladi hokimlik xabarida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-06-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют