» » Toshkent IIBB: Xorijga chiqish pasporti va ID-karta borasida hali yakuniy qaror qabul qilinmagan

Toshkent IIBB: Xorijga chiqish pasporti va ID-karta borasida hali yakuniy qaror qabul qilinmagan


O‘zbekistonda amaldagi milliy pasportni xorijga chiqish pasportiga tenglashtirish va ID-kartani joriy etish borasida hali yakuniy qaror qabul qilinmagan. Bu haqda, Toshkent shahar IIBB Kirish-chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasiga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Avvalroq, jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturida amaldagi milliy pasportni chet elga chiqish pasporti deb tan olish, O‘zbekiston ichida yashash va harakatlanish uchun ID-karta joriy etish tashabbusi ham borligi xabar qilingan edi.

Bu — aholining taklifi. Biz 48 sahifalik xorijga chiqish pasportlarini chiqarish va ularni 10 yil muddatga berishni taklif qilgandik. Xorijga chiqish pasportlarida propiska, oilaviy holat va boshqa jihatlar ko‘rsatilmasligi, unda faqat viza sahifalari bo‘lishi rejalashtirilgan edi.

Hozircha aniq qaror yo‘q, fuqarolarining takliflarini o‘rganamiz.

Toshkent shahar IIBB Kirish-chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-01-2018, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 115) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют