» » Xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish jarayoni maksimal darajada avtomatlashtiriladi

Xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish jarayoni maksimal darajada avtomatlashtiriladi


Xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish jarayoni maksimal darajada avtomatlashtiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personalizatsiya markazi direktori Najmiddin To‘raxo‘jayev “Gazeta.uz” nashriga ma’lum qildi.

“Biometrik pasport tizimi bazasida loyihaning barcha ishtirokchilari — Tashqi ishlar vazirligi, barcha hududiy ichki ishlar bo‘linmalarini qamrab oluvchi ulkan infratuzilma yaratildi. Biometrik pasport tizimi bazasida jismoniy shaxslar bazasi yaratildi, bu bazadan elektron hukumat tizimi foydalanadi. Elektron hukumat tizimida ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchi majburiy tartibda bu bazada ham identifikatsiyadan o‘tadi. Xuddi shunday tizim ma’lumotlarni to‘plash punkti — migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish hududiy bo‘linmalarida ham bo‘ladi”, — dedi u.

Najmiddin To‘raxo‘jayevning aytishicha, amaldagi tizimda xorijga chiqish uchun ruxsat beruvchi stikerlar Toshkentda tuman bo‘linmalarida, viloyatlarda esa — faqat viloyat markazlarida beriladi. Xorijga chiqish pasportini olish uchun esa doimiy ro‘yxatda turgan joy bo‘yicha murojaat qilish mumkin, barcha masalalar o‘sha yerda hal qilinadi.

“Ma’lumki, avvallari hujjatbozlik ishlari ko‘p edi. Endi ‘bir darcha’ tizimi kiritilmoqda — kelasiz va to‘ldirilgan anketani topshirasiz. Hammasi joyida tekshiriladi, hech narsani to‘plash kerak bo‘lmaydi, davlat organi vakilining o‘zi bu bilan shug‘ullanadi”, — deya ta’kidladi u.

“Arizalarni internet orqali topshirish masalasi ishlab chiqilmoqda. Tizimga elektron navbatlar va elektron to‘lovlar kiritiladi… Loyihani amalga oshirish uchun Davlat personalizatsiya markazi tizimni ishlab chiqish, joriy qilish, hujjatlar namunalarini tayyorlash, bukletlarni buyurtma qilish bilan bog‘liq tashkiliy-texnik tadbirlarni o‘tkazishi kerak. 2018-yil 1-dekabrgacha hammasi tayyor bo‘lishi kerak”, — dedi Davlat personalizatsiya markazi direktori.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2019-yil 1-yanvardan xorijga chiqish uchun alohida biometrik pasportlar joriy etiladi. Chet elga chiqish ruxsatnomasi (stiker)ni rasmiylashtirish tartibi ham shu sanadan boshlab bekor qilinadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-08-2017, 08:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют