» » Qorako‘lda 16 ta maktabgacha ta’lim muassasasi foydalanishga topshirildi

Qorako‘lda 16 ta maktabgacha ta’lim muassasasi foydalanishga topshirildi


Qorako‘l tumanida 2 tasi davlat-xususiy sherikchiligi asosidagi va 14 ta oilaviy bo‘lgan, jami 16 ta zamonaviy bolalar bog‘chasi foydalanishga topshirildi. Bu haqda tuman hokimi o‘rinbosari O‘tkir Sharipov ma’lum qildi.

Tumanning “Regihaydar” mahallasida ish boshlagan 100 o‘ringa mo‘ljallangan zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasasi uchun 3 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ sarflangan. Shundan 1 milliard 715 millionini imtiyozli kredit tashkil etgan. “Chandirobod” mahallasidagi bog‘cha uchun esa 2 milliard 450 million so‘m ajratilgan. “Do‘rman”, “Xo‘jalar”, “Do‘stlik” mahallalaridagi maktabgacha ta’lim muassasalari ham zamonaviy ko‘rinishga ega.

Har bir muassasada alohida ovqatlanish xonasi, yotoqxona, ota-onalar va bolalar kutubxonasi, mashg‘ulotlar olib borish uchun turli guruhlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Cho‘milish havzasi, sport maydonchasi hamda o‘yingoh zamonaviy kompleks asosida bolalar ixtiyoriga topshirilgan.

— Tuman aholisini uzoq yillardan buyon qiynab kelayotgan maktabgacha ta’lim muassasalari borasidagi muammolari yechim topdi. 2018-yilda tumanda bor-yo‘g‘i, 20 ta maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyat ko‘rsatib kelgan, mavjudlari ham e’tibor va ta’mirga muhtoj edi. 2019-yil mart oyi holatida esa ular soni 27 taga yetdi. Hozirda birgina tumanning o‘zida 59 ta zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyat olib bormoqda. Aytish joizki, o‘tgan yilda Qorako‘l tumanida maktabgacha ta’lim qamrovi darajasi 18 foizni tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich joriy yilda ikki baravarga ortdi, ya’ni 37 foizga yetdi. Yil yakuniga borib esa 62,5 foiz 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar muassasalarga qamrab olinadi, — dedi tuman hokimi o‘rinbosari O‘tkir Sharipov.

Ma’lumotga ko‘ra, Qorako‘lni sanoat shaharchasiga aylantirish ko‘zda tutilgan. Madaniyat markazi binosi, Mahalla markazi majmuasi, tuman davlat xizmatlari markazi, tuman IIB binosi, Yoshlar markazi va yoshlar bog‘i quriladi. Shuningdek, 864 o‘rinli 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabini qayta ta’mirlash, 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga 300 o‘rinli yangi bino barpo etish, 1-sonli 140 o‘rinli maktabgacha ta’lim muassasasini qayta qurish ishlari ham olib borilmoqda. Bu yirik obyektlarni barpo etish ishlariga 33 ta pudrat-qurilish tashkilotlari biriktirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-06-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют