» » Gulistonda yangi nodavlat bog‘cha ish boshladi. Prezident Sirdaryoga tashrifi davomida unga kirib o‘tishi kutilmoqda

Gulistonda yangi nodavlat bog‘cha ish boshladi. Prezident Sirdaryoga tashrifi davomida unga kirib o‘tishi kutilmoqda


Guliston shahar Istiqlol mahallasida 1-sonli “Sevinch” nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi foydalanishga topshirildi. Bu haqda Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Xabar berishlaricha, xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan ushbu bolalar bog‘chasi 130 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, uning qurilishiga 1,7 milliard so‘m mablag‘ sarflangan.

“Mazkur maktabgacha ta’lim muassasasining oltita guruhida ingliz, rus va koreys tillarida mashg‘ulotlar olib boriladi”, — deyiladi vazirlik axborotida.

Bolalar bog‘chasida qisqa muddatli guruhlardan tortib 24 soatlik guruhlargacha bo‘lgan uch smenali faoliyat yo‘lga qo‘yilgan. Ota-onalar badal to‘lovi miqdori esa 300 000 so‘mdan 1 200 000 so‘mgacha qilib belgilangan.

Avvalroq O‘zbekiston Prezidentining matbuot kotibi Komil Allamjonov 13-aprel kuni Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurishini ma’lum qilgan edi. Maktabgacha ta’lim vazirligidan ma’lum qilishlaricha, tashrif davomida Prezident “Sevinch” nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida ham bo‘lishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2018, 22:49)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют