» » Buloqboshilik ayol xonadonida bog‘cha ochdi

Buloqboshilik ayol xonadonida bog‘cha ochdi


Andijon viloyatining Buloqboshi tumanidagi Yuksalish mahallasida yashovchi 25 nafar bola endi qo‘shni mahalladagi maktabgacha ta’lim muassasasiga qatnashiga hojat qolmadi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.

Shu mahallada yashovchi Mavludaxon G‘afurova o‘zi istiqomat qilayotgan xonadonda 25 o‘ringa mo‘ljallangan nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etdi. 55 million so‘m shaxsiy mablag‘ hisobiga barpo etilgan bog‘chada rus va ingliz tillarida ham mashg‘ulotlar tashkil etildi.

— Ushbu maskanning foydalanishga topshirilishi biz ota-onalar uchun nihoyatda quvonchli bo‘ldi, — deydi uy bekasi Ziyodaxon Abdullajonova. — Bu yerda yaratilgan sharoitlar bizga ma’qul. Besh nafar xodimlarning bari malakali. Bu kabi ezgu ishlarning ko‘lami yanada ortishidan umidvormiz.

Bugungi kunda Andijon viloyatida 500 ta davlat va 3 ta nodavlat maktabgacha ta’lim muassasi faoliyat yuritmoqda. Joriy yilning o‘zida jami 325 ta nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini qurib, foydalanishga topshirish ko‘zda tutilgan. Ulardan 14 tasi aynan Buloqboshi tumanida faoliyat yurita boshlaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2018, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 111) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют