» » Samarqandda uchta xususiy bog‘cha ochildi

Samarqandda uchta xususiy bog‘cha ochildi


Samarqandda uchta nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi ochildi. Bu haqda Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

“Mingtut” mahallasida 120 o‘ringa mo‘ljallangan rus tilida ta’lim beruvchi “Skazochnaya strana” bolalar bog‘chasi ish boshladi.

“Lolazor 2” mahallasida “Umka N” MTM ochildi. Bu yerda o‘zbek va rus tillarida ta’lim beriladi. Bolalar bog‘chasi 70 kishiga mo‘ljallangan, unga allaqachon 15 nafar bola qabul qilingan.

“Siyobcha” mahallasida 70 kishiga mo‘ljallangan Advantage Smart Kids nomli bolalar bog‘chasi ishga tushdi. Unga allaqachon 35 kishi qabul qilingan. Ta’lim rus tilida olib boriladi.

Shu tariqa Samarqandda 12 ta nodavlat MTM faoliyat yuritmoqda. Viloyatda yil oxiriga qadar 50 ta xususiy bolalar bog‘chasini ochish rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari, vazirlik Kattaqo‘rg‘on tumanida har biri 50 o‘rinlik uchta davlat bolalar bog‘chasi ochilganligini ma’lum qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2018, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют