» » Pastdarg‘omdagi bolalar bog‘chasi viloyat ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan hashar yo‘li bilan ta’mirlanmoqda

Pastdarg‘omdagi bolalar bog‘chasi viloyat ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan hashar yo‘li bilan ta’mirlanmoqda


Samarqand viloyat IIB xodimlari mahalla fuqarolari uchun hashar yo‘li bilan viloyat IIB boshlig‘ining sektoriga kiruvchi Pastdarg‘om tumani “Ilm” mahallasida joylashgan 51-sonli maktabgacha ta’lim muassasasini to‘liq qaytadan ta’mirlamoqda. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Ushbu bolalar bog‘chasi o‘tgan asrning 70-yillarida qurilgan bo‘lib, 80 o‘ringa mo‘ljallangan. Bino ayni paytda ta’mirtalab holatga kelib qolganligi sabab atigi 40 nafar tarbiyalanuvchiga xizmat ko‘rsata olgan.

Viloyat IIB xodimlari tomonidan mazkur maktabgacha ta’lim muassasasi kapital ta’mirlash ishlari boshlab yuborildi. Qo‘shimcha binolar qurilib, muassasa 120 o‘rinli yangi, zamonaviy muassasaga aylantirilmoqda.

Bog‘cha o‘z faoliyatini qaytadan boshlagach, bu yerda yana 5—6 yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash bo‘yicha, qisqa muddatli guruhlar ham tashkil qilinadi.

Bolalar bog‘chasini qayta ta’mirlash va qurilish ishlarini Navro‘z bayrami arafasida yakunlab, muassasani foydalanishga topshirish mo‘ljallangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2018, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют