» » Urgutning Tojikiston bilan chegaradosh chekka Jartepa qishlog‘ida bolalar bog‘chasi ochildi (foto)

Urgutning Tojikiston bilan chegaradosh chekka Jartepa qishlog‘ida bolalar bog‘chasi ochildi (foto)


Samarqand viloyatining Urgut tumanida, Tojikiston bilan chegara yaqinida joylashgan Jartepa mahallasida 62-sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasasi negizida bolalar bog‘chasi filiali ochildi.

O‘zbekiston Maktabgacha ta’lim vazirligi axborot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, 50 o‘ringa mo‘ljallangan muassasada ta’lim-tarbiya ishlari “Bolajon” dasturi asosida olib boriladi.

Bolalarning ingliz tilini chuqur o‘rganishlari, ularning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishga e’tibor qaratilmoqda. Badiiy gimnastika, shaxmat-shashka to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Muassasaning ochilishida qatnashgan Samarqand viloyati hokimi Turobjon Jo‘rayev, jumladan, shunday degan: “Ushbu bolalar bog‘chasi jartepalik bolajonlarning iqtidorini ro‘yobga chiqarish maskaniga aylanadi”.

Bolalar bog‘chasida kam ta’minlangan oilalarning farzandlari uchun imtiyozli to‘lov joriy etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2018, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют