» » Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahridagi 54-maktabgacha ta’lim muassasasida bo‘ldi

Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahridagi 54-maktabgacha ta’lim muassasasida bo‘ldi


Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahridagi 54-maktabgacha ta’lim muassasasida bo‘ldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

54-maktabgacha ta’lim muvssasasi 280 o‘ringa mo‘ljallangan. Bog‘cha binosi o‘tgan yili kapital rekonstruksiya qilinib, zamonaviy jihozlangan. Bu yerda 31 nafar pedagog va tarbiyachi bolalarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatib kelmoqda.

Davlat rahbari bog‘chada bolalarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, xodimlar bilan muloqot qildi.

Bog‘chada tajriba tariqasida tashkil etilgan qisqa muddatli boshlang‘ich rivojlantirish markazi faoliyati haqida ma’lumot berildi.

Shavkat Mirziyoyev maktabgacha ta’limning uslubiyatini takomillashtirish, malakali tarbiyachilar tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Eslatib o‘tamiz, 54-bog‘cha bir muddat oldin mukammal ta’mirdan so‘ng foydalanishga topshirilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-02-2018, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 113) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют