» » Maktabgacha ta'lim vaziri boshchiligidagi ishchi guruh Surxondaryodagi MTMlar faoliyati bilan tanishdi

Maktabgacha ta'lim vaziri boshchiligidagi ishchi guruh Surxondaryodagi MTMlar faoliyati bilan tanishdi


Maktabgacha ta’lim vaziri Agripinna Shin boshchiligidagi ishchi guruh Surxondaryo viloyatidagi MTMlar faoliyati va ularda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Bu haqida vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.

Ishchi guruhi a’zolari Denov tumanidagi harbiylar shaharchasi, Bog‘i Eram mahallasida joylashgan SMART KIDS xususiy maktabgacha ta’lim muassasasida bo‘ldi.

Davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etilgan bu muassasada keng qamrovli qurilish ishlari amalga oshirildi. Muassasa zamonaviy uskunalar va mebel jihozlari bilan ta’minlangan bo‘lib, isitish-sovutish, ventilyatsiya, oshxona, elektr, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari shular jumlasidandir.

150 o‘ringa mo‘ljallangan bu MTM shu yilning yanvar oyida ish boshlagan. Muassasada bolalarning jismonan va aqlan rivojlanishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

SMART KIDS maktabgacha ta’lim muassasasi harbiy bo‘lim hududida joylashgani sababli ishchi xodimlarning 15 nafari va tarbiyalanuvchilarning 80 foizini harbiy xizmatchilarning oila a’zolari va farzandlari tashkil etadi.

Ishchi guruhning keyingi manzili Surxondaryo viloyati Termiz tumanidagi Tinchlik mahallasida joylashgan “Kamalak” maktabgacha ta’lim muassasasi bo‘ldi. Ushbu muassasa davlat-xususiy sherikligi asosida “Termiz Trans Gold” MChJ rahbari Faxriddin Xolmurodov tomonidan 2 675 milliard so‘m imtiyozli kredit asosida barpo etildi. Unga tuman hokimining 2018-yildagi qarori asosida nol qiymatda 0.45 gektar yer maydoni ajratilgan.

Fevral oyida ish boshlagan MTM 120 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, ayni kunda 90 nafar bola 4 guruhda tarbiyalanmoqda. Bu yerda 13 nafar malakali tarbiyachi faoliyat ko‘rsatadi.

Muassasada rus va o‘zbek guruhlari faoliyat olib boradi. Tarbiyalanuvchilar uchun shaxmat-shashka, raqs, ingliz tili, ashula to‘garaklari tashkil etilgan.

Termiz shahridagi 12-maktabgacha ta’lim muassasasi ham ishchi guruh e’tiboridan chetda qolmadi.

300 o‘ringa mo‘ljallangan ushbu muassasa Termiz shahar, “Pattakesar” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 1980-yilda foydalanishga topshirilgan binoda joylashgan edi.

O‘tgan yili bu MTM kapital ta’mirlanib, zamonaviy qiyofa kasb etdi. Muassasada jami 21 pedagog-xodim ishlaydi. Muassasada jami 12 ta guruh bo‘lib, shundan rus tiliga moslashtirilgan guruhlar soni 5 tani tashkil etadi.

Vazir A.Shin boshchiligidagi ishchi guruh Sariosiyo tumanidagi “Sangardak” MFY hududida qurilayotgan MTMda ham bo‘ldi. Ushbu davlat maktabgacha ta’lim muassasasi 2 qavatli bo‘ladi, 100 o‘ringa mo‘ljallangan.

“Sangardak” MFYda ayni kunda 3—7 yoshli bolalar soni 167 nafarni tashkil etadi. Ushbu muassasa ish boshlashi bilan ulardan 100 nafari qamrab olinadi. Yangi MTMning tantanali ochilish marosimi 1-iyun kuniga belgilangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 90) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют