» » O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘iston Parlamenti Majlisi raisini qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘iston Parlamenti Majlisi raisini qabul qildi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-iyun kuni Qozog‘iston Parlamenti Majlisi raisi Nurlan Nigmatulin boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Prezidentning rasmiy veb-saytida xabar berildi.

Shavkat Mirziyoyev mehmonlarni samimiy qutlar ekan, Qozog‘iston parlamenti delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi qardosh mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlari tobora mustahkamlanib borayotganidan dalolat berishini alohida ta’kidladi.

O‘z navbatida, Qozog‘iston Parlamenti Majlisi raisi samimiy qabul uchun Prezidentga chuqur minnatdorlik bildirib, Qozog‘istonning birinchi prezidenti — Elboshi Nursulton Nazarboyev va amaldagi prezidenti Qosim-Jo‘mart Toqayevning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Uchrashuvda tomonlar Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart Toqayevning joriy yil aprel oyida amalga oshirilgan O‘zbekistonga ilk davlat tashrifining yakunlari ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish, uni amaliy mazmun bilan boyitish borasida o‘zaro intilish qat’iy ekanini yana bir bor tasdiqlaganini ta’kidladi.

Ikki tomonlama savdo hajmi ortib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. 2018-yilda tovar ayirboshlash 50 foizga o‘sib, 3 milliard dollardan oshdi. Yaqin yillarda bu ko‘rsatkichni kamida 5 milliard dollarga yetkazish vazifasi turibdi.

Mamlakatlar yetakchi kompaniya va korxonalari ishtirokida kooperatsiya asosida istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda. Transport sohasida yangi avtobus va temir yo‘l yo‘nalishlari ochildi, shaharlar o‘rtasidagi aviaqatnovlar ko‘paytirildi, yuk tashish hajmi ortmoqda.

Hududlararo aloqalar tobora mustahkamlanmoqda, madaniy-gumanitar almashinuv kengaymoqda. O‘tgan yili Qozog‘istonda O‘zbekiston yili muvaffaqiyatli o‘tkazildi, joriy yilda esa O‘zbekistonda tadbirlarga boy dastur asosida Qozog‘iston yili o‘tmoqda.

Uchrashuvda O‘zbekiston-Qozog‘iston parlamentlararo hamkorligini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Mamlakatlar parlamentlari qo‘mitalari darajasida faol aloqalarni yo‘lga qo‘yish, erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida amalga oshirish va yangi sheriklik loyihalarini ilgari surish maqsadida parlamentlararo do‘stlik guruhlari imkoniyatlaridan yanada samarali foydalanish lozimligi qayd etildi.

Nurlan Nigmatulin Qozog‘iston Parlamenti parlamentlararo munosabatlarni yanada mustahkamlashda, shuningdek, qardosh xalqlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan tashabbuslarni ro‘yobga chiqarishda har tomonlama ko‘maklashishga tayyor ekanini ta’kidladi.

Uchrashuv yakunida Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston siyosiy hayotidagi eng muhim tadbir — joriy yil 9-iyun kuni bo‘lib o‘tadigan Prezident saylovi muvaffaqiyatli o‘tishini tiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-06-2019, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 104) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют