» » Fransiyada rossiyalik josus fosh etildi

Fransiyada rossiyalik josus fosh etildi


Fransiyada rossiyalik josus fosh etildi. “Exo Moskvi”ning yozishicha, diplomat deb taxmin qilinayotgan bu shaxs Jahon antidoping agentiligiga kiberhujum uyushtirish rejasiga yordam bergan.

Ma’lum bo‘lishicha, josus Sergey Jyoltikov bo‘lib, uni Fransiya va Shveysariya maxsus xizmatlari fosh qilgan. Fransiyaning Monde gazetasi yozishicha, u go‘yoki Rossiyaning Marseldagi bosh konsulligida vitse-konsul sifatida ishlagan. Bunda u diplomatik vakolatxona xodimlari orasida rasman ro‘yxatdan o‘tmagan.

Shveysariya maxsus xizmatlariga ko‘ra, Jyoltikov Rossiya Bosh razvedka boshqarmasi sayyor guruhi tarkibiga kirgan. Logistika bilan shug‘ullanib, rossiyalik Yevgeniy Serebryakov va Aleksey Morensning xafsizligini ta’minlagan. AQSh va Niderlandiya hukumati ularni WADA laboratoriyasiga xakerlik hujumiga tayyorgarlik ko‘rishda ishtirok etganlikda ayblamoqda. Ular go‘yoki diplomatlar niqobida harakat qilgan.

Jyoltikov Shveysariyada o‘z missiyasini amalga oshirganidan so‘ng Fransiyadan ketgan. Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, fransiyalik razvedkachilar uni kuzatgan va shveysariyalik hamkasblariga axborot bergan.

Har ikki davlat rasmiylari josus haqidagi axborotlarga izoh bermagan. Rossiyaning Marseldagi bosh konsulligi Monde gazetasi chop etgan ma’lumotlarni tuhmat deb atagan.

Gumon qilinayotgan rossiyalik xakerlar o‘tgan yilning oxiridan beri AQSh Moliya vazirligi sanksiyalar ro‘yxatida. Vazirlikning ta’kidlashicha, ular uch yil avval WADA ma’lumotlar bazasini xavf ostida qoldirgan. Serebryakov va Morens boshqa jinoyatlarga aloqadorlikda ham gumon qilinmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-06-2019, 01:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 107) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют