» » Qo‘rg‘ontepa “Muruvvat” nogiron bolalar uchun internat uyi tarbiyalanuvchilari holidan xabar olindi (foto)

Qo‘rg‘ontepa “Muruvvat” nogiron bolalar uchun internat uyi tarbiyalanuvchilari holidan xabar olindi (foto)


Andijon harbiy prokuraturasi xodimlari, Andijon shahridagi 7255-harbiy qism ofitser va xizmatchilari hamda Ko‘rg‘ontepa tumani hokimligi vakillari Qo‘rg‘ontepa “Muruvvat” nogiron bolalar uchun internat uyiga tashrif buyurib, u yerdagi o‘g‘il-qizlarning holidan xabar oldi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Qalbi zavq-u shavqqa to‘lgan bolajonlar mehmonlarni xursandchilik kayfiyati bilan qarshiladi. Tashrif mobaynida mazkur muassasada yaratilgan shart-sharoitlar, bolajonlarning ijtimoiy himoyasi bilan bog‘liq amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

4 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan jami 295 nafar bola tarbiyalanayotgan ushbu muruvvat uyi bolajonlarining ko‘nglini ko‘tarish uchun ularga hamkor tashkilotlarning esdalik sovg‘alari tuhfa etildi. Tadbir davomida muassasa rahbari Xurshidaxon Xalilova mehmonlarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-06-2019, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют