» » Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi Turkiya elchisini mamlakat ichki ishlariga aralashmaslikka chaqirdi

Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi Turkiya elchisini mamlakat ichki ishlariga aralashmaslikka chaqirdi


Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi mamlakatdagi Turkiya elchisi Jengiz Komil Firatga norozilik notasi topshirdi, deb xabar qiladi Sputnik.

“Vazirlik Turkiya elchisini Qirg‘iziston ichki ishlariga aralashmaslikka, o‘zini tiyish va milliy qonunchilikni hurmat qilishga chaqirdi”, — deyilgan rasmiy xabarda.

Ma’lum bo‘lishicha, Orok qishlog‘ida aholi guruhlari orasida katta janjal sodir bo‘lgan vaqtda Turkiya elchisi o‘sha yerda bo‘lgan.

5-iyun kuni ertalab soat 08:30 Hayit namozidan keyin Qirg‘izistonning Chuy viloyati Orok qishlog‘ida yashovchi turk va qirg‘iz millatiga mansub o‘smirlar orasida janjal kelib chiqqan. Shundan so‘ng aholi qishloqdagi bir necha uylarning derezasini sindirib, somonxonalarga o‘t qo‘ygan. Janjal oqibatida ikki o‘smir jonlantirish bo‘limiga tushgan.

Qirg‘iziston militsiyasi ushbu janjal yuzasidan 32 kishini so‘roq qilib, mojaroda ishtirok etgan bishkeklik deputat Qilich Borkoyevni hibsga olgan.

Ta’kidlanishicha, ayni damda ikkala tomon ham o‘zaro kelishib olgan va bir-birlariga da’volari yo‘qligini xabar qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-06-2019, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют