» » Fransiya qirg‘oqlarida qutqaruvchilar kemasi ag‘darilib ketdi. Uch kishi halok bo‘ldi

Fransiya qirg‘oqlarida qutqaruvchilar kemasi ag‘darilib ketdi. Uch kishi halok bo‘ldi


“Migel” bo‘roni oqibatida Fransiyaning g‘arbiy qirg‘oqdarida dengiz qutqaruv kemasi ag‘darilib ketdi. “Korrespondent.net”ning yozishicha, kemada bo‘lgan yetti nafar ekipaj a’zosidan uch nafari halok bo‘lgan.

Ma’lum bo‘lishicha, qutqaruvchilar kemasi 7-iyun kuni bo‘ronda jabrlangan baliqchilar kemasiga yordam berish uchun chiqqan. Sinoptiklar shamol tezligi soatiga 129 kilometrni tashkil etganini qayd etgan.

Ta’kidlanishicha, qutqaruvchilar kateri qirg‘oqdan taxminan 800 metr uzoqlikda ag‘darilib ketgan. Ekipaj a’zolarining yetti nafaridan to‘rt nafari qirg‘oqqa suzib kelgan.

Halok bo‘lgan ekipaj a’zolari jasadlarini qidirish uchun uchta vertolyot va 60 nafar o‘t o‘chiruvchi jalb etilgan.

Shuningdek, xabarda aytilishicha, po‘rtana tufayli Fransiyaning o‘nlab departamentida yuqori xavf darajasi qayd etilgan, mamlakat janubidagi yuk poyezdlari ham vaqtinchalik to‘xtatilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-06-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 68) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют