» » Kanadalik sayyoh 40 yildan buyon yopiq turgan seyfni ochishga muvaffaq bo‘ldi

Kanadalik sayyoh 40 yildan buyon yopiq turgan seyfni ochishga muvaffaq bo‘ldi


Kanadaning Alberta provinsiyasida joylashgan muzeylardan biriga tashrif buyurgan fuqaro 40 yildan buyon yopiq turgan seyfni ochishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar beradi Tengrinews.

Global News nashrining ma’lum qilishicha, 36 yoshli Stiven Mills oilasi bilan Vermilion shahriga tashrif buyurgan. Bu yerda ular mahalliy muzeylardan biri bo‘ylab ekskursiya uyushtirgan. Mehmonlar muzeyda 40 yildan beri turgan va ko‘plab urinishlarga qaramay hanuz ochilmagan seyfga duch kelgan.

“Men shunchaki engashib, seyf ichida harakatlanayotgan mexanizmning ovozini eshitdim. Shundan so‘ng 20, 40, 60 kombinatsiyasini burab ko‘rishga qaror qildim — uch marta o‘ngga, ikki marta chapga. Va seyf eshigi ochildi”, — Mills.

Seyf ichida eski hujjatlar, ofitsantning yon daftarchasi va cheki bo‘lgan. Sodir bo‘lgan voqeadan so‘ng Millsga muzey direktorlar kengashi prezidenti qo‘ng‘iroq qilib, minnatdorchilik bildirgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, muzey yopilish arafasida bo‘lgan, biroq mazkur voqeaning OAVda yoritilishi tashrif buyuruvchilarni o‘ziga jalb etishga yordam berishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-06-2019, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют