» » Saudiya Arabistoni va Iroq 27 yildan so‘ng chegarani ochishga qaror qildi

Saudiya Arabistoni va Iroq 27 yildan so‘ng chegarani ochishga qaror qildi


Saudiya Arabistoni va Iroq 1990-yildan buyon birinchi marta ikki mamlakat o‘rtasidagi Arar o‘tkazish punktini ochishga qaror qildi, deb yozmoqda “Gazeta.ru”.

Chegara Iroqning sobiq prezidenti Saddam Husayn Kuvaytga hujum qilganidan so‘ng yopilgan edi.

Ta’kidlanishicha, so‘nggi 27 yil davomida nazorat-o‘tkazish posti yilda bir marta — musulmonlarning Makkaga haj ziyorati vaqtida ochilgan.

Saudiyalik va iroqlik rasmiylar chegara hududini ko‘zdan kechirgan, shuningdek, ular iroqlik ziyoratchilar bilan ham suhbatlashgan.

Iroqning Anbar provinsiyasi rahbari Sohaib al-Ravining aytishicha, Ararga boradigan yo‘lni qo‘riqlash uchun harbiylar safarbar qilingan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ikki mamlakat munosabatlarining yaxshilanishida “muhim qadam” hisoblanadi.

Chegaralarning ochilishi doirasida Bag‘dod va Ar-Riyod o‘rtasida savdo munosabatlarining kengayish imkoniyati ham paydo bo‘ladi.

Reuters’ning xabar qilishicha, Saudiya Arabistoni va BAAning Iroqqa nisbatan bunday harakatlari ularning mintaqadagi asosiy dushmani — Eronga qarshi o‘z ta’sirini kuchaytirishga urinish bilan izohlanmoqda.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (15-08-2017, 18:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 84) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют