» » Said-Abdulaziz Yusupov tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi va uning tanasida biror-bir qiynoq alomatlari aniqlanmadi

Said-Abdulaziz Yusupov tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi va uning tanasida biror-bir qiynoq alomatlari aniqlanmadi


Said-Abdulaziz Yusupov 10-may kuni Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni (juda ko‘p miqdorda firibgarlik) sodir etganlikda gumon qilinib ushlangan va DXX tergov hibsxonasiga joylashtirilgan edi. 12-may kuni DXX Tergov boshqarmasi tomonidan u jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, unga nisbatan qamoq tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Respublika Sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Toshkent shahar filiali tomonidan o‘tkazilgan 16-maydagi xulosasida Said-Abdulaziz Yusupovda qon-tomir kasalligi aniqlangan bo‘lsa-da, ayblanuvchining salomatligi holati unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasini qo‘llanilishi va tergov harakatlarida ishtirok etishiga to‘sqinlik qilmasligi ko‘rsatilgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ayblanuvchi Said-Abdulaziz Yusupovning onasi J.Bakayeva 7-iyun kuni Bosh prokuratura rahbariyati qabulida bo‘lib, tergov jarayonida o‘g‘li jismoniy qiynoqqa solinayotganligi haqida murojaat qilgan va o‘g‘lini uning himoyachisi ishtirokida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni so‘ragan (avvalroq Yusupov o‘z advokatiga uni “uraverib, ichini to‘kib tashlashgani”ni aytgani haqida xabarlar chiqqandi).

8-iyunda Bosh prokuratura tomonidan himoyachi A.Shaymardonov va tergov ustidan nazorat olib boruvchi prokuror D.Rahmatullayev ishtirokida mutaxassis-shifokorlarni jalb qilgan holda ayblanuvchi Said-Abdulaziz Yusupov tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganda uning tanasida biror-bir tan jarohati yoki qiynoq alomatlari aniqlanmadi.

“Said-Abdulaziz Yusupov o‘z himoyachisi A.Shaymardonov ishtirokida ixtiyoriy bergan yozma tushuntirishida unga nisbatan tergov jarayonida hech qanday jismoniy yoki ruhiy tazyiqlar o‘tkazilmaganligini, hozirda kasalligi bo‘yicha tegishli dori vositalari va tibbiy muolajalarni o‘z vaqtida olayotganligini bildirdi”, — deyiladi Bosh prokuratura axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-06-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 91) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют