» » Bosh prokuratura Said-Abdulaziz Yusupovning ahvoli haqida ma’lumot berdi

Bosh prokuratura Said-Abdulaziz Yusupovning ahvoli haqida ma’lumot berdi


Bosh prokuratura Said-Abdulaziz Yusupov salomatligi holati shifokorlar tomonidan tekshirilib, uni qamoqda saqlanishiga to‘sqinlik qiluvchi alomatlar aniqlanmaganini ma’lum qildi.

O‘zbekiston Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori Said-Abdulaziz Yusupov 10-may kuni Jinoyat kodeksining 168-moddasida ko‘zda tutilgan firibgarlik faktlari aniqlanganligi yuzasidan qo‘lga olingan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Yusupov o‘zini maxsus xizmatlar xodimi sifatida tanishtirib, ayrim fuqarolardan 65 ming, 28 ming va 15 ming dollar pulni firibgarlik yo‘li bilan olgan.

U qo‘lga olingandan so‘ng, Yusupovning rafiqasi bir qator OAVlarga intervyu berib, erining og‘ir kasalligi borligini, shu tufayli tibbiy yordamga muhtojligini ma’lum qilgan edi. Bosh prokuratura matbuot xizmati bu xabarlarga munosabat bildirdi.

Said-Abdulaziz Yusupovning oyoqlarida qon tomirlari bilan bog‘liq kasalligi bor, bu holat nazorat ostida, oilasi tomonidan unga zarur dori-darmon keltirilishiga hech bir to‘sqinlik qilinmayapti.

Aksincha, zarurati bo‘lsa, shifokorlar tomonidan tergov davomida barcha zaruriy muolaja va dorilar taqdim etiladi. Bugungi kunda Said-Abdulaziz Yusupovning sog‘lig‘i yaxshi.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati

Ma’lumot uchun, Said-Abdulaziz Yusupov OAVlardagi bir qator maqolalari va video chiqishlari bilan tanilgan edi. Xususan, uning uchta FFF nazariyasi haqidagi chiqishi ayniqsa shov-shuvlarga sabab bo‘lgandi. Qo‘lga olinganidan so‘ng, uning 2018-yil sentabrida yozib olingan O‘zbekiston Prezidentiga videomurojaati e’lon qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2019, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют