» » Toshkent viloyatida Bosh prokuratura huzuridagi departamentning soxta xodimlari ushlandi

Toshkent viloyatida Bosh prokuratura huzuridagi departamentning soxta xodimlari ushlandi


Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining soxta xodimlari ushlandi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura.

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Toshkent viloyati boshqarmasi va Yuqorichirchiq tuman prokuraturasi xodimlari tomonidan hamkorlikda “A.B.” MChJ ish boshqaruvchisi M.M.ning arizasiga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, aslida “K.I.” MChJda haydovchi bo‘lib ishlovchi fuqaro R.N. “M” kafesiga ovqatlanish maqsadida kirib, taomlarning sifatidan noroziligi va kafega kelgan mijozlarga NKM cheki berilmayotganligini vaj qilib, o‘zini “Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi xodimi Rustam” deb tanishtirib, g‘aznada turgan NKM apparati va kafega tegishli bo‘lgan tibbiy daftarchani olib qo‘yib, ushbu holatlar yuzasidan bayonnoma rasmiylashtirmaslik va jarimaga tortmaslik evaziga firibgarlik yo‘li bilan o‘zining jinoiy sherigi, hech qayerda ishlamaydigan fuqaro A.R. orqali 1 mln. so‘m olgan vaqtida Departament organlari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan R.N. va A.R.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Fuqarolardan yuqoridagi kabi holatlarga duch kelganda yoki noma’lum shaxslar o‘zini Departament xodimi deya tanishtirib, ta’magirlik qilayotgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining qisqa raqamli 10-07 yoki Departamentning 71-233-10-07 raqamli tun-u kun ishlovchi ishonch telefonlariga murojaat etishi so‘rab qolingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2019, 18:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют