» » O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlarini tugatish tartibi soddalashtiriladi

O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlarini tugatish tartibi soddalashtiriladi


Tadbirkorlik subyektlarini tugatish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Farmonga muvofiq, 2020-yil 1-yanvardan:

moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan yoki ustav jamg‘armalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish bo‘yicha doimiy ishlovchi maxsus hududiy komissiyalar tugatildi;

davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan bir yilda ustav fondi shakllantirilmaganligi uchun tadbirkorlarni tugatish tartibi bekor qilindi;

tadbirkorlarni tugatish jarayonidagi ortiqcha hujjatlar qisqartiriladi.

Bundan tashqari, 2020 yil 1-yanvardan boshlab:

tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslarni ixtiyoriy tugatishda:

davriy bosma nashrlarda korxonaning tugatilishi to‘g‘risida e’lonlar berish talab etilmaydi;

davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmagan hamda soliq qarzi mavjud bo‘lmagan korxonalarning moliya-xo‘jalik faoliyati tekshirilmaydi;

tugatiladigan korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishning eng uzoq davriyligi uch yilni tashkil etadi;

tekshirish uchun korxona to‘g‘risidagi mavjud ma’lumotlarni olish Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi orqali amalga oshiriladi;

korxonani ixtiyoriy tugatishning umumiy muddati 6 oydan oshmasligi kerak (amaldagi qonunchilikka muvofiq bu muddat 9 oy);

tadbirkorlik subyektlari — jismoniy shaxslar faoliyatini to‘xtatishda ariza beruvchidan to‘lovlardan qarzi yo‘qligi to‘g‘risidagi xulosasini olish talab etilmaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-06-2019, 08:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют