» » O‘zbekistonda 2 mingdan oshiq tadbirkorning 73 mlrd so‘mlik qarzidan voz kechildi

O‘zbekistonda 2 mingdan oshiq tadbirkorning 73 mlrd so‘mlik qarzidan voz kechildi


Bugungi kunda respublika bo‘yicha jami 2147 subyektning, shundan 1197 nafari yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini qayta tiklaganligi va 950 nafari davlat ro‘yxatidan o‘tganligi natijasida 73,1 milliard so‘mlik qat’iy belgilangan soliq va moliyaviy jarima bo‘yicha mavjud qarzi hisobdan chiqarildi. Bu haqda “Daryo”ga Davlat soliq qo‘mitasi ma’lum qildi.

Prezidentning “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, 2018-yil 1-aprelga qadar tadbirkorlik maqomini yo‘qotgan, faoliyatini amalga oshirmayotgan, faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan yakka tartibdagi tadbirkorlar 2019-yil 1-yanvarga qadar tadbirkorlik faoliyatini tiklagan yoki davlat ro‘yxatidan o‘tgan hollarda, qat’iy belgilangan soliq va moliyaviy jarima bo‘yicha qarzi hisobdan chiqarilishi belgilangan.

Davlat soliq qo‘mitasi 2019-yil 1-yanvar sanasi yaqinlashayotganligi bois berilayotgan bunday imkoniyatdan unumli foydalangan holda farmon talablariga asosan tadbirkorlik faoliyatini tiklash yoki yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tishga chaqiradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-10-2018, 09:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют