» » Nukusdagi dala maydonida ro‘y bergan yong‘indan so‘ng 57 yashar ayolning jasadi topildi

Nukusdagi dala maydonida ro‘y bergan yong‘indan so‘ng 57 yashar ayolning jasadi topildi


Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida 7-iyun kuni soat 05.53 atrofida Amudaryo MFY hududida joylashgan dala maydonida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Nukus shahrida yashovchi Yu.B.ga tegishli 1500 dona press somondan iborat g‘aramdagi yong‘in davomida dalaning 70 kvadrat metr maydonida 500 dona press somon to‘liq yonib ketgani aniqlandi.

Yong‘in o‘chirilgach Amudaryo mahallasida yashagan 57 yoshli G.T.ismli ayolning kuygan holdagi jasadi topilgan.

Yong‘in kelib chiqish sabablari aniqlanmoqda. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-06-2019, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют