» » Yangicha tizim: TATU Samarqand filialida o‘qitishning kredit usuliga o‘tildi

Yangicha tizim: TATU Samarqand filialida o‘qitishning kredit usuliga o‘tildi


Kredit tizimining qabul qilinishi, oliy ta’lim sohasidagi Yevropa va O‘zbekiston munosabatlarini rivojlantirishda muhim tarkibiy qism hisoblanadi. Chunki bunda bolon jarayoni — oliy ta’limda yagona Yevropa usulini vujudga keltirish maqsadida Yevropa davlatlari ta’lim tizimini bir-biriga yaqinlashtirish nazarda tutilgan. Bolon jarayoni oliy ta’lim kredit tizimi uchun umumlashtirilgan asos bo‘lib, u talabalarning mobilligiga, xalqaro o‘quv dasturlarini ishlab chiqishga ko‘maklashishga yo‘naltirilgan va oliy ta’lim tizimining sifati va mavqeini yanada oshirishga xizmat qiladi, deb ma’lumot beradi Zarnews.

TATU Samarqand filialida 2018—2019-o‘quv yilidan boshlab axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha o‘qitishning kredit tizimi joriy etildi. Bundan ko‘zlangan maqsad — bu o‘quv jarayoniga dunyo oliy o‘quv yurtlarida keng tarqalgan o‘qitishning kredit tizimini joriy qilish orqali universitetning jahondagi nufuzli oliy ta’lim muassasalari qatoriga kiritilishini ta’minlashdan iborat. O‘qitishning kredit tizimida talabaning o‘zlashtirish darajasi ma’lum miqdordagi kreditlar summasining yig‘ishiga bog‘liq bo‘ladi. Yig‘iladigan umumiy kreditlar talabaning darslardagi faol ishtiroki, muayyan o‘quv kursi davomida olingan test natijalari, ilmiy izlanishlar, og‘zaki va yozma imtihonlar, amaliyot natijalari asosida belgilanadi.

Bunday ta’limning quyidagi afzalliklari mavjud: talaba ta’lim jarayoni davrida chet el o‘quv yurtlarida yoki o‘zga ta’lim yurtida tahsil olib, so‘ngra o‘qishni davom ettira olishi mumkin; o‘quv jarayonida chet el o‘quv yurtlari va tashqi muassasalardan malakali mutaxassislar jalb etiladi; chet el oliy ta’lim muassasalari amaliyotidan kelib chiqqan holda o‘quv dasturlari ishlab chiqiladi; talabalar istagidan kelib chiqqan holda fan va o‘qituvchini tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar va hokazo.

AQSh va Yevropa mamlakatlarining oliy o‘quv yurtlarida keng tarqalgan kredit ta’lim tizimi o‘zining moslashuvchanligi va samaradorligini ko‘rsatyapti. Mazkur tizim bitiruvchilarning akademik harakatchanligini ta’minlab, bugungi o‘zgaruvchan mehnat bozorida ularga bo‘lgan talabni oshirmoqda. Bunda mehnat bozori ehtiyojlari hisobga olingan holda ta’lim dasturlarining moslashuvchan tuzilishi, ta’limga axborot tizimlarining joriy qilinishi va talabalarning mustaqil ishlashga o‘rgatilishining o‘rni katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Umuman olganda, kredit - bu talabaga qo‘yiladigan o‘quv yuki hajmini aniqlashning shartli birligi. U talaba tomonidan o‘quv ishlarining bajarilishiga ajratilgan soatlardan iborat bo‘ladi. Kredit - talabaning ish hajmi o‘lchov qiymati hisoblanib, bir kredit hajmi haftasiga 30 soat yuklamaga teng bo‘ladi. Har xil fanlar har xil kredit qiymatiga ega bo‘lishi mumkin. Bundan kelib chiqib, yuklama soati ham farq qiladi va yuklamaning yarim qismi mustaqil ishga ajratiladi. Oliy ma’lumot haqida diplom esa faqatgina 240 kredit olgandan so‘ng talabaga beriladi. Shu bilan birga qat’iy choralar ham mavjud. Masalan, talaba bitta fandan mashg‘ulotlarni 10 soatdan ko‘p uzrli sabablarsiz qoldirsa, bevosita o‘qituvchining o‘zi uni fandan “chetlashtiradi”. Fanni o‘zlashtira ololmasa yoki fandan chetlashtirilganda, talabaga ta’til vaqtida ushbu fan bo‘yicha pullik qayta o‘qish imkoniyati beriladi.

Kredit tizimida talaba o‘zida kuch va ishtiyoq topa olsa, boshqa yo‘nalish ma’ruzalarida ham qatnashadi va kerakli kredit ballarini to‘plasa, bir yo‘la ikkita mutaxassislikni egallaydi. Bu bilan kredit tizimida fakultetlararo darslar o‘rtasida ham mobillik yuzaga keladi. Masalan, qaysidir o‘qituvchi qiziqarli ma’ruza qiladi. Unda nafaqat bitta kurs, balki boshqa fakultetlar talabalari ham qatnashish imkoniga ega bo‘ladi. Bunda quyidagilar e’tiborlidir: birinchidan, to‘plangan kredit baholari o‘zgarmasligi tufayli, u bilan istalgan mos oliygohga o‘qishni ko‘chirib o‘tish qiyin bo‘lmaydi; ikkinchidan, talabalar istagidan kelib chiqqan holda, fan tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Albatta, bu o‘rinda majburiy o‘rganilishi lozim bo‘lgan fanlar ham bor, ammo talaba mustaqil tanlov fanlarini belgilashi mumkin.

Shuningdek, tizimni joriy etish TATUga xorijiy universitetlar bilan talabalar, professor-o‘qituvchilar va pedagog kadrlarni almashish, o‘qituvchiga yangi pedagogik texnologiyalar va o‘quv jarayonining oqilona shakllarini rivojlantirish orqali o‘zining ilmiy-pedagogik darajasini oshirish imkonini beradi. Asosiysi, bu tizimda talabalar o‘zlarining mustaqil ta’lim dasturini shakllantirib, bilimlarini baholashning shaffofligini ta’minlay oladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-06-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют