» » Kosondagi bozor nega tartibga kirmaydi?

Kosondagi bozor nega tartibga kirmaydi?


“NasafNews.uz” nashri Qashqadaryo viloyatining Koson shahrida joylashgan dehqon bozoridagi tartibsizliklar haqida maqola e’lon qilindi. Quyida ushbu maqolaning to‘liq shakli keltirilgan.

Ro‘zg‘or buyumlari xaridi uchun o‘zingizga yaqin hududda joylashgan bozorga otlandingiz, mahsulotlarni sotib olish uchun savdogarga yuzlandingiz, ammo shu paytda savdogar va xaridor o‘rtasida tartibsizlik tufayli nizo kelib chiqdi.

Bunga kim aybdor? Sotuvchilar uchun sharoit yaratmagan bozor ma’muriyatimi yoki noqonuniy ekanini bilsa-da faoliyat olib borayotgan tadbirkormi? Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi markaziy dehqon bozori va buyum bozori atrofida yuzaga kelgan tartibsizliklarni ko‘rib shunday xayolga kelasan kishi!

Chindan ham bir necha yillardan beri bu bozorlarning tartibga kelganini hech kim eslolmaydi. Hamma o‘zi bilganicha savdo-sotiq ishlarini olib boradi. Xaridorlarga ham farqi yo‘q. Toza bo‘ladimi yoki kir-chir har qanday mahsulotlarni sotib olishadi. Joyida iste’mol ham qilib ketaverishadi. Albatta, bunga kichik-kichik yoyma umumiy ovqatlanish maskanlari (choyxonalar)ning ham hissasi bordek nazarimizda.

Mayli mahsulotlarni sotish va sotib olish masalasini chetga qo‘yib turaylik: Haydovchilar va piyodalarning tartibsiz harakatini asosiy masalaga ko‘tarsak, “bu hamma bozorlarda borku” deb ensangiz qotishi turgan gap.

Ammo hamma bozorlarning qonun-qoidasida “yo‘l qoidasiga amal qilinmasin” degan gap yo‘qku! Kosondagi eng tirband joy shu yer ekanini hamma biladi. Ba’zan bu tirbandliklar natijasida yo‘l transport hodisalari ham sodir bo‘lib turadi. Xullas, haydovchi va piyoda bilib turib xohlagandek yo‘l qoidalarini buzib ketaverishadi. Buni afsuski, yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari nazorat qilishga “kuchi yetmaydi”



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-06-2019, 06:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 43) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют