» » Qozog‘istonlik saylovchilarning 70 foizi Qosim-Jo‘mart To‘qayevga ovoz berdi

Qozog‘istonlik saylovchilarning 70 foizi Qosim-Jo‘mart To‘qayevga ovoz berdi


Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qozog‘istonliklarning 70 foizi Qosim-Jo‘mart To‘qayevga o‘z ovozini berdi, deya xabar qiladi “Zakon.kz”.

“Yoshlik” ilmiy-tadqiqot markazi direktori Talgat Kaliyev saylov yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan brifingda nomzodlarning ehtimoliy to‘plagan ovozlarini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, Qosim-Jo‘mart To‘qayev 70,13 foiz ovoz to‘plagan.

Shuningdek, Jambil Ametbekov — 2,86 foiz, Daniya Yespaeva — 5,32 foiz, Amirjan Kosanov — 15,39 foiz, Toleutay Rahimbekov — 3,03 foiz, Omongeldi Taspixov — 1,41 foiz, Sadibek Tugel — 0,86 foiz ovoz bilan keyingi o‘rinlarni egallagan.

Eslatib o‘tamiz, 9-iyun kuni Qozog‘istonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi.

Mavzuga doir: Qozog‘istonda saylovga qarshi namoyishga chiqqan o‘nlab kishilar ushlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-06-2019, 07:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют