» » Qozog‘istonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari boshlandi

Qozog‘istonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari boshlandi


Qozog‘istonda 9-iyun, yakshanba kuni navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari boshlandi. Mamlakatdagi saylov uchastkalari soat 7.00 da ochildi va 20.00 gacha ishlaydi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Saylovlarda 7 nafar nomzod, jumladan, amaldagi davlat rahbari Qosim-Jo‘mart To‘qayev ishtirok etmoqda. U sotsiologik so‘rovlarning mutloq yetakchisi bo‘lib turibdi — To‘qayev uchun saylovchilarning 72,7 foizi ovoz berishga tayyor.

Ikkinchi o‘rinda muxolifat vakili Amirjon Kosanov (7,9 foiz), uchinchi o‘rinda esa mamlakat tarixida ilk ayol nomzod — Daniya Yespayeva (5,4 foiz) qayd etilgan.

Qozog‘iston prezidenti 5 yilga saylanadi. G‘alaba qozonish uchun nomzod saylovchilarning 50 foizdan ko‘prog‘i ovozini to‘plashi kerak.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-06-2019, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют