» » Video: Hindistonda ona ayiq bolasini yo‘lbarsdan himoya qildi

Video: Hindistonda ona ayiq bolasini yo‘lbarsdan himoya qildi


Hindistondagi Tadoba milliy bog‘ida yashovchi yo‘lbars va do‘rdoqi labli ayiq o‘rasida sodir bo‘lgan to‘qnashuvning videosi paydo bo‘ldi, deb xabar berdi National Geographic.

Turistlar ko‘lmakda dam olib yotgan Matkasur laqabli yetti yoshli yo‘lbarsni kuzatishayotganida, butalar orasida do‘rdoqi labli ayiq bolasi bilan chiqib kelgan. U kutilmagan mehmonlarga joy berishni istamasdan, bolasi bilan suv ichgani kelgan urg‘ochi ayiqqa tashlanib qolgan.

Ta’kidlanishicha, yo‘lbars ayiqqa o‘n besh daqiqadan ortiqroq vaqt davomida hujum qilgan. Ayiq esa o‘z navbatida bolasini himoya qilish uchun unga javob qaytarishga majbur bo‘lgan.

Yo‘lbars ayiqni tishlab yerga yotqizgan, biroq ona ayiq uning changalidan qochib chiqishga erishgan. Natijada ayiq yo‘lbarni quvib yuborishga muvaffaq bo‘lgan va bolasi bilan hovuzning muzdek suvidan ichgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-06-2019, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют