» » IIBB: Toshkent xalqaro aeroportini ishg‘ol qilgan 50 nafar litsenziyasiz taksichiga chora ko‘rildi

IIBB: Toshkent xalqaro aeroportini ishg‘ol qilgan 50 nafar litsenziyasiz taksichiga chora ko‘rildi


IIBB Toshkent xalqaro aeroportidan chiqishda o‘z xizmatlarini taklif qilayotgan va buning uchun amaldagidan uch baravar oshiq narx belgilagan noqonuniy taksichilar bilan bog‘liq vaziyatni o‘z nazoratiga oldi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.

IIBBga ko‘ra, soliq idoralari hamda Avtomobil va daryo transporti agentligi vakillari bilan hamkorlikda aeroport hududida litsenziyasiz faoliyat olib borayotgan taksi haydovchilari aniqlanmoqda. 17-maydan 1-iyungacha bo‘lgan muddat ichida 50 nafar ana shunday taksi haydovchisi aniqlandi.

Ularning 24 nafari Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194-moddasi asosida javobgarlikka tortildi. Qolgan 26 nafar taksichi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borildi. 42 ta avtoulov jarima maydoniga joylashtirildi.

Biroq, ayrim ma’lumotlarga qaraganda, noqonuniy taksichilar huquq-tartibot idoralarini aldashning turli usullarini o‘ylab topmoqda. Masalan, do‘sti yo qarindoshini kutayotganini aytishi yoki aeroportdan chiqishga o‘ziga qarashli odamni yuborib, mashinasida chekkada poylab turishi mumkin.

IIBB yo‘lovchilardan Toshkent aeroportiga uchib kelganda o‘z xizmatlarini tiqishtirayotgan taksichilar haqida xabar berish, imkon bo‘lsa, ularni suratga tushirishni so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Inna Tyan ism-sharifli foydalanuvchi Urganchdan Toshkentga qaytishda aeroportda taksichilar tahdidiga duch kelgani haqida hikoya qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-06-2019, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют