» » Toshkent aeroportida taksi xizmati ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari uchun maxsus joylar ajratildi

Toshkent aeroportida taksi xizmati ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari uchun maxsus joylar ajratildi


Toshkent aeroportida taksi xizmati ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari uchun maxsus joylar ajratildi, deb yozadi “Xabar.uz” Davlat soliq qo‘mitasining axborot xizmatiga tayanib.

Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda qator tadbirlar amalga oshiriladigan bo‘ldi. Jumladan, aeroport binosiga avtomashinalari belgilangan talablar asosida jihozlangan, haydovchilari xushmuomala, toza va ozoda kiyimda bo‘lgan taksi xizmati ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari uchun maxsus joylar ajratildi. Taksi korxonasi nomi, xizmatlar narxi haqidagi o‘zbek, rus va ingliz tillarida ma’lumotlar joylashtiriladi.

Endilikda poytaxtga uchib kelgan mehmonlar, aeroport hududidan chiqmasdan turib o‘zlariga ma’qul bo‘lgan tadbirkorlik subyektlarining sifatli xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Shuningdek, avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullanish holatlariga barham berish maqsadida, Toshkent xalqaro aeroporti bilan hamkorlikda aeroport hududidagi avtomobillar to‘xtash joylariga noqununiy faoliyat uchun belgilangan jazo choralari haqida eslatma tarzidagi axborot stendlari joylashtirildi.

Aeroport hududiga kirish nazorat punktiga, hududga kirib-chiqayotgan avtomobillarning davlat raqamlarini hamda avtoulov haydovchisining yuzini qayd etuvchi, yo‘lovchilarni kutish va kuzatish joylariga noqonuniy yo‘lovchi tashish xizmatlarini taklif qilayotgan shaxslarning xatti-harakatlarini yozib olishga mo‘ljallangan videokameralar o‘rnatildi.

Mazkur videokameralar yordamida olingan tasvirlar asosida huquqbuzarlarning avtoulovlari davlat raqamlari ro‘yxati shakllantiriladi hamda Ichki ishlar vazirligining ma’lumotlar bazasi yordamida huquqbuzarlarning shaxsi va yashash manzili aniqlanadi.

Davlat soliq xizmati organlari tomonidan huquqbuzarlar bilan profilaktik tadbirlar o‘tkazilib, tadbirkorlik subyekti sifatida ro‘yxatdan o‘tgan va ruxsat etuvchi zarur hujjatlarni rasmiylashtirgan taqdirda ma’muriy va jinoiy javobgarlikdan ozod etilishi batafsil tushuntirilib, rasmiy ogohlantirish xati beriladi.

Agar shundan keyin ham huquqbuzarlik holatlari qayd etilsa, ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 176-3-moddasiga asosan, eng kam ish haqining 20 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima solinadi.

Mamlakatda bugungi kundagi eng kam oylik ish haqi 172 240 so‘m ekanini hisobga olsak, jarima miqdori 3 444 800 so‘mdan 17 224 000 so‘mni tashkil etishi ma’lum bo‘ladi.

Shuningdek, monitoring natijalariga ko‘ra aniqlangan huquqbuzarlar haqidagi ma’lumotlar matbuot nashrlarida e’lon qilib boriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2018, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют