» » Aeroportda “noqonuniy” taksichi o‘z xizmatlarini taklif qildimi? Toshkent shahar IIBBga xabar bering

Aeroportda “noqonuniy” taksichi o‘z xizmatlarini taklif qildimi? Toshkent shahar IIBBga xabar bering


Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda va ommaviy axborot vositalarida I. Karimov nomidagi Xalqaro aeroportda o‘z xizmatlarini taklif qilayotgan xususiy taksichilardan noroziliklar bildirildi. Taksichilarning yopishqoqliklaridan ham ko‘ra, odamlar asossiz tarzda ko‘tarilgan narxlardan norozi edi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabarida aytiladi.

Toshkent shahar IIBB ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining va jurnalistlarning xabarlarini inobatga olib, vaziyatni nazoratga oldi. Soliq idorasi va O‘zbekiston avtomobil transport agentligi vakillari bilan birga avtotransport vositalari uchun ajratilgan hududda muntazam ravishda litsenziyasiz ishlaydigan taksichilarni aniqlashga qaratilgan tadbirlar olib borilmoqda. Masalan, aprel oyi va may oyining 20 kunida 43 ta “noqonuniy” taksichilar aniqlandi, ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 176-3-moddasiga muvofiq (“Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullanish”) choralar ko‘rildi.

Ammo shuni tan olish kerakki, ular butunlay yo‘qolmagan. Bugun “noqonuniy” taksichilar quyidagi uslubni tanlagan: ular mashinalarini aeroport hududidagi avtoturargohda emas, uzoqroqda qoldiradi. Aeroportdan chiqish tomonga esa mijoz chaqiradigan odamlarni jo‘natadi.

Toshkent shahar IIBB bu kabi vaziyatga to‘qnash kelgan barchani “noqonuniy” taksichilar va ularning yordamchilari haqida Xalqaro aeroport yaqinidagi hududda xizmat olib boruvchi ichki ishlar organlari xodimlariga xabar berishni, yoki 102, 71-232-30-40 va 71-232-40-50 raqamlari orqali xabar berishni so‘raydi. Litsenziyasiz ishlayotgan taksichilarni va ularga yordam berayotganlarni suratga tushiring, ishonchingiz komil bo‘lsin: choralar ko‘riladi, deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2019, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют