» » Samarqandda aliment puli to‘lamagan otaning Lacetti’si sotuvga qo‘yildi

Samarqandda aliment puli to‘lamagan otaning Lacetti’si sotuvga qo‘yildi


Fuqarolik ishlari bo‘yicha Tayloq tumanlararo sudining sud hujjatiga asosan uch nafar farzandning moddiy ta’minoti uchun aliment pullari qarzdor otadan uning Lacetti mashinasini sotish orqali undirib berildi

Zarnews’ning yozishicha, qarzdor N.G‘.ning nomida pul mablag‘lari, valyuta hisobraqamlari va qimmatli qog‘ozlari hamda avtomototrasport vositalari bor-yo‘qligini aniqlash maqsadida “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 87-moddasiga asosan tegishli tartibda mutassaddi tashkilotlarga so‘rov xatlari yuborilgan. So‘rovlar natijasida qarzdorning nomida 2009-yilda ishlab chiqarilgan Lacetti mashinasi borligi aniqlangan.

Davlat ijrochilari tomonidan qarzdor N.G‘.ning nomida bo‘lgan ushbu mashina xatlanib, jarima maydonchasiga saqlash uchun topshirilgan. Mashina “Elektron baholash” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 56 million 857 ming so‘mga baholanib, “E-ijro auksion” yagona elektron savdo maydonchasiga sotuvga chiqarilgan.

Qarzdorning alimentdan bo‘lgan qarzdorligi jami 37 million 920 ming so‘mni tashkil qilgan. Sotuvdan tushgan pul mablag‘laridan undiruvchi Z.M.ning plastik kartasiga 37 million 920 ming so‘m aliment pullari o‘tkazib berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-06-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют