» » Xorazmda “Bahodirlar o‘yinlari” g‘oliblari aniqlandi

Xorazmda “Bahodirlar o‘yinlari” g‘oliblari aniqlandi


Joriy yil 7—9-iyun kunlari Xivada polvonlar piri, deya nom qozongan Pahlavon Mahmud xotirasiga bag‘ishlangan “Bahodirlar o‘yinlari” I xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.

Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi, Xorazm viloyati hokimligi, O‘zbekiston Bahodirlar o‘yinlari va tosh ko‘tarish federatsiyasi hamda butunjahon World Strongmen federatsiyasi hamkorligida tashkil qilingan mazkur tadbirda dunyoning 14 ta mamlakatidan 20 nafar eng kuchli pahlavon qatnashdi.

Ular milliy naqshli ustunlarni ko‘tarish va ushlab turish, og‘ir toshlarni ustunlarga o‘rnatish, mevalar bilan to‘ldirilgan aravani ko‘tarish, 160 tonnalik poyezd lokomotivini 20 metrga tortish, kema langarini ko‘tarib yurish va boshqa musobaqalarda asosiy sovrin uchun kuch sinashdi.

Xorijlik sayyohlar va voha ahli ikki kun davomida Xivaning Ichan-qal’a majmuasida o‘tkazilgan musobaqani katta qiziqish bilan kuzatib bordi.

Turnir yakuniga ko‘ra ukrainalik pahlavon Pavlo Kordiyako musobaqaning mutlaq g‘olibi deb topildi va bosh sovrin besh ming AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlandi. Eronlik Rezo Gjayetasi ikkinchi o‘rin sohibi bo‘ldi. Uchinchi o‘ringa O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Sergey Trubitsin va rossiyalik Aleksandr Kuzmin munosib deb topildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-06-2019, 19:14)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 107) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют