» » WSC sovrindori Xivadagi I Xalqaro Bahodirlar o‘yinlarida ishtirok etadi (video)

WSC sovrindori Xivadagi I Xalqaro Bahodirlar o‘yinlarida ishtirok etadi (video)


7—9-iyun kunlari Xiva shahrida o‘tkazilayotgan Pahlavon Mahmud nomidagi I Xalqaro Bahodirlar o‘yinlariga Hindiston, Eron, Yaponiya, Rossiya, AQSh, Ukraina, Latviya, Togo, Markaziy Osiyo mamlakatlari  polvonlarining tashrifi kutilmoqda. Bu haqda Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi mamlakatning Hindistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda 2018-yilgi “World Strongman Championship” (WSC) jahon chempionati sovrindori Bikram Singhning Xivadagi “Bahodirlar o‘yini”ga tashrifini tashkillashtirdi. Taniqli hind sportchisi Bikram Singh Hindistonning uchkurash (paurlifting) bo‘yicha eng kuchli sportchilari qatoridan o‘rin olgan.

Ta’kidlash joizki, Xiva o‘yinlari haqida videorolik tayyorlash uchun Hindistonning yetakchi “DD Sport” telekanali bir guruh xodimlari ham O‘zbekistonga kelmoqda. Sport telekanali muxbirlari “Bahodirlar o‘yinlari”ni jonli efirda to‘g‘ridan to‘g‘ri yoritishni rejalashtirishgan. Shunisi diqqatga sazovorki, “DD Sport” telekanali auditoriyasi kuniga 100 million tomoshabinni tashkil qiladi.

Mazkur xalqaro turnir o‘zbek xalqining buyuk o‘g‘loni Pahlavon Mahmud xotirasiga bag‘ishlangan. Pahlavon Mahmud o‘z davrining yengilmas bahodiri va mashhur faylasufi bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-06-2019, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют