» » “Boysun bahori” festivalining g‘oliblari aniqlandi

“Boysun bahori” festivalining g‘oliblari aniqlandi


Boysun tumanidagi Padang qishlog‘ida Madaniyat vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi va boshqa tashkilotlar hamkorligida 27-aprel kuni boshlangan “Boysun bahori” ochiq folklor festivali yakunlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Festival doirasida xalq ansambllari va badiiy jamoalari hududlariga xos qadimiy urf-odat va an’analari aks etgan qiziqarli chiqishlari bilan tomoshabinlarni mamnun etdi. Baxshi-shoir, oqin va jirovlar bellashuvi, kurash musobaqasi, varrak uchirish, tosh ko‘tarish, arqon tortish kabi xalq o‘yinlari tashkil etildi. Milliy liboslar, ko‘rgazmasi, dorbozlar, teatrlashtirilgan tomoshalar, yoshlarning shou dasturlari uyushtirildi.

Festivalda birinchi o‘rinni Surxondaryo viloyatining “Boysun”, Xorazm viloyatining “Mash’al” folklor-etnografik jamoalari egalladi.

Ikkinchi o‘rin Jizzax viloyatining “Gashtak” va Sirdaryo viloyatining “Sayxun yigitlari” jamoalariga nasib etdi. Uchinchi o‘rinni Toshkent viloyatining “To‘rg‘ay”, Qoraqalpog‘iston Respublikasining “Afsona” hamda Navoiy viloyatining “Yor-yor” folklor-etnografik jamoalari qo‘lga kiritdi.

G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2019, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют