» » Fargonadagi mahallada fuqarolar qurt bosgan suv istemol qilmoqda

Fargonadagi mahallada fuqarolar qurt bosgan suv istemol qilmoqda


Fargonaning Rishton tumanida fuqarolar hali ham istemolda kavlangan suniy hovuzlardan foydalanadi, imkon bolsagina bir haftada uning suvi yangilanadi, bolmasa lichinkalar bosib ketgan suvni qaynatib ehtiyojiga ishlatadi. Bu haqda Xalq sozi xabar berdi.

Rishton tumani markazidan 15 kilometr olisda joylashgan Jalayer mahalla fuqarolari yiginida 3700 ortiq fuqarolar istiqomat qiladi. Aholining asosiy mehnat faoliyati dehqonchilik va bogdorchilik bilan bogliq. Fuqarolar yiginining Yangiobod, Katta yol, Yuqori dasht mahallalarida esa dehqonchilik tugul ichimlik suvi uzoq yillardan buyon muammoligicha qolmoqda. Aholi qish mavsumining qosh-qovogiga qarashga majbur. Chunki izgirinli kunlar seryogin kelgan mavsum mahalliy tilda oq suv, deb ataluvchi suv biroz mol boladi. Har bir xonadonda suv gamlab olish uchun kavlangan mojazgina hovuzlardan chorva va kundalik ehtiyoj uchun ham birdek foydalaniladi. Biroq, qish bu yilgidek quruq kelsa-chi? Ana unda Yangiobod, Katta yol, Yuqori dasht mahallalarida yashovchi fuqarolar uchun haqiqiy sinov kunlari boshlanadi. Ushbu masala yuzasidan rishtonlik bir qancha fuqarolar oz fikrini bildirdi.

Sadirxoja Zokirov,

Yuqori dasht mahallasi, 84-uy:

Xonadonda on jon istiqomat qilamiz. Hovlimizda hovuz kavlab olganmiz. Jaziramada tez buglanishni oldini olish va suv motadilligini saqlash uchun qirgoqlariga tol ekilgan. Qirgiziston chegara hududidan Uchkoprik tumanining Sariqorgon qishlogiga katta soy oqib otadi. Soy suvidan Bagdod, Rishton ,Uchkoprik tumanlari dehqonchilik uchun navbatdan foydalanishadi. Endi tasavvur qilib olavering, har uchala tumanda necha ming gektarlab sugoriladigan hududlar bor. Bizga esa, mavsumda suv mol bolsagina mahallamizga arang 10-15 kunda suv navbati tegadi. Shundagina hovuzlarimizga, xonadonimizdagi mavjud yirik idishlarga obi rahmat gamlab olamiz.

Zokirjon Turdialiyev,

Yuqori dasht mahallasi, 101-uy:

Hovuzlardagi jamgarilgan suvlarni atigi uch kun mobaynida bemalol istemol qilish mumkin. Undan keyin hovuzlarda turli hasharotlar, lichinkalar paydo boladi. Boshqa suv manbasi bolmagandan keyin ana shu suvni qaynatib ehtiyojga ishlatishga majburmiz. Kasallik avj olishi, epidemiya tarqalishi ehtimoli hududimizda juda yuqori. Kunlar issisagina soydan suv oqadi. Bu yil ayniqsa, bahor juda qiyin keldi biz uchun. Bahor sovuq kelganligi bois, Sariqorgon soy suvi bir oyga kech keldi. Sizga yolgon,bizga chin chorva, istemol uchun ehtiyoj u yogida tursin, hatto, ekin-tikin va boglarni har bir qatnovi 50-100 mingdan suv tashuvchi mashinalar yordamida sugordik. Vaqt otishi, vaziyat chigallashishi bilan, hammamizga doppi tor kepqoldi. Suv keltiruvchi mashinalarning har bir qatnovining narxi kotarilib ketdi. Eshagidan toqimi qimmat tushsa ham, bogbonlar boglarini saqlab qolish uchun kurashdi.

Shuhrat Komiljonov,

Yuqori dasht mahallasi,126-uy:

Uch-tort xojalik bir hovuzdan foydalanamiz. Bolalarga xavfsiz bolishi va chorvadan ihota qilish uchun chetan bilan oralgan.Uch nafar farzandim bor. Ikki nafari hududimizdagi 22-maktabga qatnaydi. Maktabda ham toza ichimlik suvi artezian bolmagani uchun, har kuni bolalarga yelim idishlarda yoki termoschasiga qaynatilgan suv yoki choy damlab beramiz. Yil-on ikki oy shu zaylda kechadi. Maktabdagi maxsus beton suv sisternasiga esa ishonmayman.

Orifjon Qodirov,

22-maktab direktori:

Bilim dargohimizda Yangiobod, Katta yol, Yuqori dasht mahallalaridan qatnovchi 326 nafar oquvchi tahsil oladi. Haqiqatdan ham maktabimizdaartezian- toza ichimlik suvi mavjud emas. Ilgarilari oquvchilar baklashkalarda ozlariga suv olib kelishar edi. Bola baribir bolada. Bir birlarining suv idishlaridan foydalanishavergach, gepatit kabi yuqumli kasalliklarning tarqalish ehtimoli kuchayib qoldi. Shuning uchun maktab hududiga yelim idishlarni taqiqlab qoydim va tuman sanitariya epidemiologiya nazorat markazidan ruxsat olib,bir ming yetti yuz litrli beton idish tashkil qildik. Bu sisternaga esa suvni sotib olib toldiramiz. Har tugul xavfsizroq. Suvning istemolga yaroqliligini muntazam nazorat qilamiz. Jalayer mahalla fuqarolar yigini hududidagi Yangiobod, Katta yol, Yuqori dasht mahallalarida nafaqat toza ichimlik suvi, balki bir qancha boshqa muammolar ham toplanib qolgan.Masalan, har uchala mahallaga transport qatnovi qoyilmagan. Mobil aloqa vositalari yaxshi ishlamaydi. Qish mavsumida kochalarda yurishning ozi muammo. Bolalar maktabga qatnovda qiynalishadi. Nonvoyxona, ustaxona, mahalla guzari umuman yoq. Markazga borish uchun uch-tort transport vositasiga ehtiyoj seziladi.

Gulmira Turdialiyeva,

Yuqori dasht mahallasi, 101 uy:

Rishton tumani xalq qabulxonasi vakillarimi, bilmadim. Lekin qandaydir vakillar mahallamizga kelishgan. Lekin umuman ozlarini tanishtirmagan. Nimadandir shoshilgandek, telefonlariga xonadonlar suratini olishib, muammolarimizni soramasdan, aholi soni, yashovchilar royxati kabilarni bilishganu, biror nima sorashmasin, deb tezda goyib bolishgan. Rishton tumani markazidagi Xalq qabulxonasiga ham borib muammolarimizni aytganman. Qabulxona mudiri tez fursatlarda kochalarimizga shagal yotqizdirib berishga tantanali vada bergan edi. Otgan yili ana shu kabi kondalang turgan masalalarimizga javoban,korib chiqilyapti, Bartaraf etiladi, malum qilamiz qabilidagi umumiy gaplarga tola mavhum javob xatlari ham kelgan. Bizda esa muammolar bisyor. Masalan, hududimizda maktabgacha talim muassasasi yoq. Vaholanki, 348 dona 37 yoshdagi bolalar bor. Ularni bogchaga qamrab olish ota achinarli ahvolda. Buloqboshi qishlogidagi 23-maktabgacha talim muassasasi filialiesa Yuqori dashtdan 6 km uzoqlikda joylashgan. Transport qatnovi yaxshi emasligi bois u yerga faqat mashinasi borlar olib borishi mumkin. Avtoulovi yoq xonadonlarga esa bolalarini muassasaga berish yol xarajatlari bilan ikki barobar qimmatga tushadi. Qizim esa 3 yil mobaynida bogchaga yaqin bolganligi uchun katta hovlimizda muntazam yashab qatnagan.



Manba: Daryo.uz
: admin (10-06-2019, 19:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
:
-
:
20 ... -